Nazariya faqat qaror qabul qilish uchun kerak boʻlganda beriladi. Har darsda biror narsa quriladi, sinab koʻriladi va keyingi haftadagi ishga ulanadi.
01
Birinchi gʻalaba · Ish jarayoni tanlovi
Birinchi AI gʻalabangiz
Bir takroriy vazifani jonli efirda avtomatlashtirasiz — oʻsha kuni ishlatish uchun. AI ning toʻrtta asosi: tokenlar, kontekst, bilim chegarasi, izchillik. Kursdagi asosiy yoʻlingiz tanlanadi.
02
Model tanlovi · Vaqt va pul
Qaysi AI qaysi vazifaga — biznes egasidek
Claude, GPT, Gemini, Grok — qaysi ish uchun qaysi model. Bitta API orqali hammasi. Qachon obuna toʻlash, qachon API ishlatish, qachon umuman ishlatmaslik kerak.
03
NotebookLM · Manbalardan ishlovchi AI
Sizning hujjatlaringizda oʻqitilgan miya
10–20 ta ichki hujjatdan ishlaydigan ichki ekspert quramiz. Bu sizga javob, xulosa va kontent beradigan birinchi kuchli loyiha boʻladi.
04
Soʻrov yozish · Biznes konteksti
Tayyor andozalar va biznes konteksti toʻplami
10 ta qayta ishlatiladigan soʻrov shabloni va Oʻzbek↔Ingliz ish jarayoni. Endi AI sizning biznesingizni tushunadi, umumiy gap yozmaydi.
05
Claude Cowork · Tashqi ulagichlar
Kundalik AI yordamchingiz
Gmail, Calendar, Notion, Drive, Slack — biriga ulang. Takroriy vazifani daqiqalarga tushirishga harakat qilamiz. Shu haftada vaqt-pul hisobi aniq koʻrinadi.
06
Claude Code · Qoʻrquvsiz
Dasturchi boʻlmasdan kompyuteringizni boshqaring
100 ta faylni 5 daqiqada tartibga solish, ommaviy tarjima, tayyor bot asosi — sizning haqiqiy papkangizda. Xavfsizlik tartibi majburiy.
07
Tashqi ulanishlar · Loyihani sayqallash
Loyihani tashqi tizimlarga ulash
Sheets, Telegram, Click.uz, Notion, Drive, Calendar. Eng kuchli loyihalaringiz tashqi tizimlarga ulanadi va namoyish stsenariysi tayyorlanadi.
08
Namoyish kuni · Keyingi 90 kun
Guruh oldida namoyish va keyingi reja
3 daqiqalik namoyish · 5 ballik baholash · bitiruvchilar guruhi · keyingi 90 kunlik AI ish rejasi. Endi siz AI ni yangilik sifatida emas, operatsion qurol sifatida ishlatasiz.